Beta 10-dekabrda · roʻyxat ochiq

Arab tilini alifbodan sertifikatgacha oʻrganing.

Kuniga 6–8 daqiqalik dars. AI yozuv va talaffuzingizni oʻsha zahoti tekshiradi, kerak boʻlsa — jonli ustoz. Fusha arab tili: birinchi harfdan At-Tanal va CEFR sertifikatigacha.

Bepul. Faqat muhim xatlar: beta va yangi modullar.

Web · iOS · AndroidFaqat til · Fusha (MSA)

Har bir KALIMA — maqsad sari bir qadamdir.

ك
AI tekshiruvi Oʻtdi
94/ 100
Tik chiziq va ichki belgi joyida. Yoʻnalish: oʻngdan chapga.
Jonli darsUstoz bilan · 1:1 yoki guruh

Siz arabcha soʻzlarni allaqachon bilasiz.

Kitob, maktab, ilm, vaqt, soat — oʻzbek tilida yuzlab soʻz arabchadan kelgan. 28 harfni oʻrganing va ularni asl yozuvda taniysiz.

  • كِتَاب kitob
  • مَكْتَب maktab
  • عِلْم ilm
  • قَلَم qalam
  • حِسَاب hisob
  • سَفَر safar
  • خَبَر xabar
  • دَرْس dars
  • وَقْت vaqt
  • سَاعَة soat
1-modul · Alifbo · betada ochiladi

Samarqanddan Fesgacha:
28 harf, 7 bekat.

Har bekatda 4 ta yangi harf, bitta oʻqish qoidasi va karvonsaroy testi. Suring — karvon yoʻlga tushadi.

01 / 07
SHARQ → GʻARB
1-bekat · Registon

Samarqand

«Registon» — «qumli maydon». XV asrda Ulugʻbek shu yerda madrasa qurdirgan; unda astronomiya va matematika oʻqitilgan.

ا alif
ب ba
ت ta
ث tha
بَ Oʻqish qoidasi: harakat — a · i · u belgilari
Bitta ilova · bitta hisob

Bir ilova. Uch bosqich. Noldan sertifikatgacha.

1-modulBetada ochiladi

Alifbo

28 harf, 7 bekat, oʻqish qoidalari, yakuniy imtihon va QR kodli sertifikat.

2-modulKeyingi bosqich

Umumiy arab tili

A1 → A2 → B1: kundalik soʻzlar, grammatika, tinglash va suhbat. Darajalar xalqaro CEFR shkalasi boʻyicha.

أَنَا طَالِبٌMen talabaman.
3-modulTez kunda

Sertifikatga tayyorgarlik

At-Tanal Al-Arabi va CEFR B2–C1 uchun: bepul diagnostika, imtihon kunigacha shaxsiy reja, vaqtli sinov imtihonlari, ustoz bahosi va strategiya darslari.

30
kun qoldi
Tinglash 78
Oʻqish 84
Gapirish 61
Lugʻat va grammatika 72
Yozish 69
Namuna natija. Zaif boʻlim (terrakota) rejada koʻproq vaqt oladi.
Namuna: alifbo darsi

Bir dars — 6–8 daqiqa.
Shoshilmaysiz, jazolanmaysiz.

Ilovasiz, shu yerning oʻzida

Birinchi harfingizni hoziroq yozing.

Barmogʻingiz bilan ب yozing

Oʻngdan chapga keng kosacha chizing, ostiga bitta nuqta qoʻying va tekshiring.

  • Keng kosacha
  • Bitta nuqta ostida
  • Oʻngdan chapga
Shu yerga chizing

Bitta kichik belgi — boshqa tovush

Harakatni tanlang va harf qanday oʻqilishini koʻring.

بَ ba
Ustozlar

Kerak boʻlganda — haqiqiy ustoz.

Asosiy qismini oʻzingiz oʻrganasiz. Tekshiruv yoki jonli dars kerak boʻlsa, ustoz yoningizda.

Har bekatdan keyin

Ustoz tekshiruvi

Talaffuz, yozuv va oʻqishingizni yuborasiz — 24 soat ichida har qism baholanadi va ovozli izoh keladi.
Jonli

Ustoz bilan darslar

1:1 yoki 6 kishigacha guruh, 15–60 daqiqa. Ilova ichida video va doska. Darslar yozib olinmaydi.
ب
Nuqta kosacha ostida, oʻrtada

Ustozmisiz?

Talabalaringizni KalimaGo da oʻqiting: jadval, uy vazifalari, tekshiruvlar va har bir oʻquvchining zaif harflari — bitta panelda.
Ustoz sifatida qoʻshilish
Har kuni bir qadam

Kichik qadamlar odatga aylanadi.

XP, seriya va nishonlar faqat haqiqiy natija uchun: oʻrganilgan harf va soʻz.

Kunlik maqsad

Kuniga 5, 10 yoki 15 daqiqa. Maqsadga yetsangiz +5 XP.

Ketma-ket kunlar

Har tugagan dars seriyaga bir kun qoʻshadi. Muzlatish seriyani saqlaydi.

XP va nishonlar

Birinchi dars, har bekat, butun alifbo, 7 va 30 kunlik seriya.

Tangalar

Mashq qilib yigʻasiz va ustoz darsiga chegirmaga almashtirasiz.
Narx

Alifbo — toʻliq bepul.

Bepul

Boshlash uchun hammasi
  • Butun alifbo: 28 harf, 7 bekat, barcha oʻqish qoidalari
  • «Umumiy arab tili»dan 3 ta dars
  • Kuniga 5 dars, 5 yozuv va 5 talaffuz tekshiruvi
  • «Takrorlang» mashqi cheksiz

Cheksiz rejim

Beta chegirmasi
Toʻliq kurs, cheklovsiz
  • Bepul tarifdagi hamma narsa, cheklovsiz
  • «Umumiy arab tili» toʻliq: A1 → B1
  • Har gapirish qadamida AI tekshiruvi
  • Xato javoblarga tushuntirish
  • Ustoz tekshiruviga chegirma

Ustoz bilan

Jonli darslar va baho
  • 1:1 yoki 6 kishigacha guruh
  • 15–60 daqiqalik darslar, video va doska
  • Uy vazifasi va ustoz bahosi
  • Har bekatdan keyin ustoz tekshiruvi

Sertifikatga tayyorgarlik narxi modul ochilganda eʼlon qilinadi.

Koʻp beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? [email protected] ga yozing yoki Telegramda soʻrang.

Hamma uchun: noldan boshlayotganlar ham, biroz biladiganlar ham, sertifikatga tayyorlanayotganlar ham. Noldan boshlasangiz, birinchi dars ا harfidan. Arab tilini bilsangiz, tezkor test sizni toʻgʻri bekat yoki darajaga joylashtiradi — bilganingizni qayta oʻtmaysiz.

Har bir KALIMA — maqsad sari bir qadamdir.

Karvon tez orada yoʻlga chiqadi.

Roʻyxatga yoziling — beta ochilgan kuni va har bir yangi modul chiqqanda birinchi boʻlib siz bilasiz.

Spam yoʻq. Bir bosishda roʻyxatdan chiqasiz.

Karvonni kuzatib boring: Instagram · YouTube · Telegram.